23:15 / 18.07.2020
3 625

Feruza Hamroboyeva nima uchun Yaponiyadan «samarasiz» dorining yirik partiyasi sotib olinganiga izoh berdi

Feruza Hamroboyeva nima uchun Yaponiyadan «samarasiz» dorining yirik partiyasi sotib olinganiga izoh berdi
Foto: asia.nikke
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva O‘zbekiston nima uchun Yaponiyadan «Avigan» dorisining yirik partiyasini sotib olganiga izoh berdi.

«Tarkibida «Avigan» bo‘lgan favipiravir biologik faol modda barcha viruslarning ko‘payishini bloklaydi. U Afrikada Ebola virusini davolashda ham qo‘llanilgan.

Tibbiyot doirasida ushbu preparatni «Remdesivir»ning Yaponiya varianti deb ham atashadi. Yaponiya tajribasiga ko‘ra, «Avigan» koronavirusning yengil formasida yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, lekin kasallik og‘ir kechishida ta’siri kam
», - dedi Hamroboyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) o‘tkazilgan brifingda.

O‘tgan haftada Yaponiyaning Kyodo agentligi tarkibida favipiravir moddasi bo‘lgan «Avigan» dorisining sinovlari uning koronavirusga qarshi samarali ekanini uzil-kesil tasdiqlamagani haqida xabar bergan edi.

Reuters agentligi yaponiyalik tadqiqotchilarga tayanib, «Avigan»ni davolanish jarayonining boshida qabul qilgan bemorlar uni kechroq qabul qilganlarga nisbatan tezroq sog‘ayishni boshlagan bo‘lsalar-da, oradagi farq juda kam bo‘lgani haqida yozdi.

Rossiyaning VSHE milliy tadqiqot universiteti professori Vasiliy Vlasov «Novaya gazeta»ga bergan intervyusida bu dori «juda yoqimsiz» salbiy asoratlarga ega ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dori homiladorlar uchun zararli, homilaning xunukligi va o‘limiga olib keladi.

«Bu asoratlar dorini keng amaliyotda qo‘llash imkonini bermaydi. Shu sababli dori AQSHda ro‘yxatdan o‘tmagan. Yaponiyada esa yangi xavfli grippga qarshi holatlar uchungina ro‘yxatga olingan», – dedi u.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatimizga Yaponiyada ishlab chiqarilgan, «eng samarali dorilardan biri bo‘lgan» 200 ming qadoq «Avigan» dorisi keltirilgani haqida xabar bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Feruza Hamroboyeva nima uchun Yaponiyadan «samarasiz» dorining yirik partiyasi sotib olinganiga izoh berdi