1 922
Prezident: O‘zbekistonda hozir koronavirusga qarshi kurashdan muhimroq xarajatlar bo‘lishi mumkin emas
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektorda bugungi kunda respublika va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravishda pandemiyaga qarshi kurash tadbirlariga qaratilishi shartligi, bundan muhim xarajatlar bo‘lishi mumkin emasligini qayd etdi.
Shahar va tuman hokimlari 24 soat davomida har bir kasalxonadagi vaziyatni jilovlab turishga mas’ul hisoblanadi hamda ular uzluksiz va muammosiz ishlashiga sharoit yaratib berishiga javobgar deb belgilangan.
Shuningdek, yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinchi navbatda, faoliyati to‘xtatilishi oqibatida daromadsiz qolgan yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti uyushmalarining malakali haydovchilari jalb etilishi yuzasidan vazifalar qo‘yilgan.
Barcha sektor rahbarlari ish kunini ertalabdan o‘z hududlarida kasalxonalardagi ahvolni o‘rganish bilan boshlashi qat’iyan belgilangan.
«Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning sog‘ligini saqlab qolishdan muhim vazifasi yo‘qligini anglashi shart», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lash masalasi hal qilingan. Bundan tashqari, bugundan koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat banki kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi.
Yig‘ilishda dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard so‘m pul ajratilishi rejalashtirildi.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tegishlicha 20 milliard va 10 milliard so‘m mablag‘larni «Dori-darmon» aksionerlik kompaniyasiga aylanma mablag‘ sifatida ajratishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi