2 458
Dam olish kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» 1–2 avgust kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
2 avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.
Keyinchalik avgust harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘irlar, asosan, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuzatiladi.
Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning so‘nggi o‘n kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film