O‘zbekistonda 2 avgust kuni 770ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 25553taga yetdi. Bugun shuningdek, 1208 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi. Kunlik o‘sish va sog‘ayish holatlari bo‘yicha yangi eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilishi davom etmoqda.
«Shu yilning 2 avgust kuni mamlakatimizda 770 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi holatlar (+770)
Yangi kasallanish holatlari respublikaning 11 hududida qayd etilgan.
Karantin: O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 99 holat;
Tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
Toshkent shahrida 325 holat;
Toshkent viloyatida 142 holat;
Samarqand viloyatida 103 holat;
Buxoro viloyatida 27 holat;
Andijon viloyatida 19 holat;
Sirdaryo viloyatida 18 holat;
Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
Navoiy viloyatida 9 holat;
Namangan viloyatida 5 holat;
Farg‘ona viloyatida 5 holat;
Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
Tuzalganlar (+1208)
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda rekord sondagi bemor koronavirusdan sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 16 ming 507 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
Toshkent shahrida 678 nafar;
Toshkent viloyatida 185 nafar;
Samarqand viloyatida 103 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 102 nafar;
Buxoro viloyatida 50 nafar;
Andijon viloyatida 35 nafar;
Surxondaryo viloyatida 20 nafar;
Namangan viloyatida 13 nafar;
Sirdaryo viloyatida 11 nafar;
Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
Xorazm viloyatida 2 nafar.
O‘lim holatlari (+6)
Bugun SSV Toshkentda 5, Andijonda 1, jami 6ta o‘lim holatini qayd etdi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 153taga yetdi.
Birinchi o‘lim. 20 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 46 yoshli bemor S.L.da (erkak) vafot etdi.
Ikkinchi o‘lim. 20 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kun davomida tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli yotqizilgan, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 58 yoshli (erkak) bemor Sh.D. vafot etdi.
Uchinchi o‘lim. Covid-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak) vafot etdi.
To‘rtinchi o‘lim. Tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol) vafot etdi.
Beshinchi o‘lim. 27 iyul kuni og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. (erkak) vafot etdi.
Oltinchi o‘lim. Toshkentda 21 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va shifoxonaga yotqizilgan 57 yoshli R.K. (ayol) vafot etdi.
Ayni vaqtda 8 893 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 72 700 nafar, statsionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi