08:17 / 09.08.2020
2 242

Bir kunda kasallanganlar 700dan kam, tuzalganlar esa 900dan oshiq bo‘ldi

Bir kunda kasallanganlar 700dan kam, tuzalganlar esa 900dan oshiq bo‘ldi
O‘zbekistonda 8 avgust kuni 693ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 29 ming 918taga yetdi. Bugun shuningdek, 936 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.
«Shu yilning 8 avgust kuni mamlakatimizda 693 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

8 avgust kuni respublikaning 9 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qatorasiga ikkinchi kun kunlik o‘sish 700tadan kam bo‘lmoqda.
Toshkent shahrida 365 holat;
Toshkent viloyatida 165 holat;
Samarqand viloyatida 62 holat;
Buxoro viloyatida 56 holat;
Qashqadaryo viloyatida 22 holat;
Sirdaryo viloyatida 12 holat;
Namangan viloyatida 5 holat;
Qoraqalpog‘istonda 4 holat;
Navoiy viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+893)
Respublikaning 11 hududida 936 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 21 ming 316 nafarga yetdi.

Toshkent shahrida 498 nafar;
Toshkent viloyatida 215 nafar;
Buxoro viloyatida 70 nafar;
Namangan viloyatida 44 nafar;
Surxondaryo viloyatida 30 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 24 nafar;
Samarqand viloyatida 21 nafar;
Sirdaryo viloyatida 14 nafar;
Farg‘ona viloyatida 11 nafar;
Xorazm viloyatida 5 nafar;
Navoiy viloyatida 4 nafar.

O‘lim holatlari (+5)
Kun davomida 5 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 188taga yetdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli M.X. (ayol);
Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli T.X. (ayol);
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 53 yoshli D.T. (ayol);
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 64 yoshli A.Z. (erak);
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 70 yoshli A.A. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 414 nafar bemordan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bir kunda kasallanganlar 700dan kam, tuzalganlar esa 900dan oshiq bo‘ldi