Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi.
Janubiy Qozog‘iston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Yakshanba kuni mamlakatimiz hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.
Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”