Bugun O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli va ochiq bo‘ladi, harorat iqlimiy me’yorlardan biroz past bo‘lib 20-25 darajani tashkil qiladi.
Kechqurun mamlakat hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi, deb yozmoqda «O‘zgidromet».
Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda hali iliq, 7-12 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu ko‘rsatkich kun me’yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
7-10 oktabrda O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.
Kunduzgi harorat 7-8 oktabrda 17-22 darajani, 9-10 oktabrda 15-20 darajani tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi