20:20 / 26.10.2020
3 663

«O‘zgidromet» haftalik ma’lumotni e’lon qildi

«O‘zgidromet» haftalik ma’lumotni e’lon qildi
«O‘zgidromet» boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bugun O‘zbekiston hududida ob-havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Kunduzi harorat 20-23 darajagacha, janubda 26 darajagacha ko‘tariladi.

Ertaga respublikamiz shimoliga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo‘yi orqali sovuq antisiklon kira boshlaydi.

28 oktabrda sovuq havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat foni 8-10 daraja pasayadi. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi havo harorati 10-13 daraja atrofida bo‘ladi. Kuchsiz, asosan qor ko‘rinishidagi, yog‘inlar faqat mamlakatimizning tog‘li va baland tog‘li hududlarida kuzatilishi mumkin.

Iliq va sovuq havo oqimlarining bosimlari tafovuti respublika hududi bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishiga olib keladi.

Sovuq havo oqimining ta’siri 29 oktabrda va 30 oktabrda kechasi saqlanib turadi, 30 oktabrda kunduzi antisiklon shimoli-sharqqa chekina boshlaydi va havo asta-sekin isiydi.

29 va 30 oktabr kunlari tungi havo harorati 0-3 daraja iliqqacha tushadi, ayrim joylarda havoda birinchi ayoz kuzatiladi — harorat 1-2 daraja sovuq bo‘ladi. 29 oktabrda kunduzi 10-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 30 oktabrda esa biroz — 13-16 darajagacha isiydi. Bu kunlarning harorati oktabr oyi uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 7-9 darajaga past bo‘ladi.

31 oktabrda O‘zbekiston hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Tungi ayoz to‘xtaydi, kunduzi esa harorat 18 daraja, ayrim joylarda undan ham yuqori bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» haftalik ma’lumotni e’lon qildi