17:35 / 23.12.2020
1 846

Prokurorning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi

Prokurorning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi
Oliy sud mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Senat yalpi majlisida sud-huquq sohasiga oid ma’qullangan qonunlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

«Ishlar ko‘rib chiqilishida bir-birini takrorlovchi instansiyalar bekor qilinib, «bir sud — bir instansiya» tamoyili joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi:
- birinchi instansiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha — viloyat sudlari);
- apellyatsiya instansiya (viloyat darajasidagi sudlar);
- kassatsiya instansiyasi (Oliy sud) sudlari yaratiladi.

Sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish maqsadida prokuror ishtiroki bilan bog‘liq normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, amalda mavjud bo‘lgan taraflarning shikoyati va prokurorning protestini ko‘rib chiqishning farqli normalari bekor qilinmoqda.

Barcha instansiya sudlariga murojaat qilishda prokurorning boshqa taraflar bilan teng, bir xil huquq va majburiyatlarga ega hamda uning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega ekani to‘g‘risidagi normalar kiritilmoqda
», dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prokurorning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi