O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 83 050 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 31 mart kuni mamlakatning 10 ta hududida jami 181 ta kasallanish holati aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
11 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
18 nafari Toshkent viloyatida,
127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga yetdi.
SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Buxoroda 5 kishi, Namanganda 3 kishi, Xorazmda 5 kishi, Toshkent viloyatida 15 kishi, Toshkent shahrida esa 124 kishi, respublika bo‘yicha jami 152 kishi COVID-19 dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1285 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021 yil antirekordlari qayd etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?