12:27 / 05.04.2021
2 302

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 179 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 179 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 83 802 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 4 aprel kuni mamlakatning 12 ta hududida jami 179 ta kasallanish holati aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining
2 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
11 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
14 nafari Toshkent viloyatida,
131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

SSVning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir sutka davomida Jizzaxda bir kishi, Qashqadaryoda 10 kishi, Namanganda 4 kishi, Toshkent viloyatida 15 kishi, Toshkent shahrida esa 104 kishi, respublika bo‘yicha jami 134 kishi COVID-19’dan tuzalgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga yetgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1408 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 179 kishida koronavirus aniqlandi