
O‘zbekistonda prezident saylovi kampaniyasi vaqtida tashviqot olib borish huquqini ta’minlash maqsadida, siyosiy partiyalarga ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan qaror qabul qilindi, deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda ishtirokchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligiga e’tibor qaratish tavsiya etildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Saylov kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish huquqi ta’minlanadi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Prezident saylovi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar