1 451
O‘zbekistonda issiqlik tarmoqlarining 60 foizi ta’mirtalab ahvolda ekani ma’lum qilindi
AOKAda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov, Toshkent shahar «Toshissiqquvati» DUK bosh muhandisi Aziz Karimbekov, vazirlik axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi issiqlik tarmoqlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2020—2021-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishda respublika hududiga sovuq havoning kirib kelishi munosabati bilan 2021-yilning 12—14-oktabr kunidan boshlab ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha ob’ektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlab kelinmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika miqyosida 38 382 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ulardan 15 120 tasi (39,4 foiz) markazlashgan issiqlik ta’minotiga, 5588 tasi (14,6 foiz) individual (ikki konturli qozonlar, kontramarka, golland pechlari orqali) issiqlik ta’minotiga ega. Qolgan 46 foiz, ya’ni 17 674 ta ko‘p qavatli uy boshqa turdagi loyihasiz (konditsioner, elektr isitgichlar va qo‘lbola isitish moslamalaridan) foydalanib kelmoqda. Mazkur uylarning aksariyati 2 va 3 qavatli uylardan iborat.
Respublika bo‘yicha Buxoro (68 foiz), Navoiy (85 foiz), Toshkent (66 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (100 foiz) markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi mavjud.
Respublikadagi 20 ta faoliyat yuritayotgan issiqlik ta’minoti korxonalari balansidagi 500 ta qozonxona ish faoliyatida bo‘lib, ushbu qozonxonalardagi qozonlar ma’nan eskirgan.
Mavjud 4500 kilometr issiqlik tarmoqlaridan 2500 kilometr qismi (60 foiz) ta’mirtalab ahvolda, tarmoq yo‘qotishlari esa 40 foizni tashkil etmoqda.
O‘tgan mavsumdagi kamchiliklar tahlili natijalari asosida hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p qavatli uy-joy fondini 2021—2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yilda vazirlik tasarrufidagi issiqlik ta’minoti tashkilotlarida jami 578 ta markaziy va mahalliy qozonxona hamda issiqlik tarmoqlarida sinov tekshiruv ishlari amalga oshirilib, natijasiga ko‘ra, 94 ta qozonxona, 930 ta qozon va 747 kilometr issiqlik tarmoqlari mukammal va joriy ta’mirlanishi belgilab olindi.
Bundan tashqari, kuz-qish mavsumini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilib, tegishli vazirlik, idoralar va hududiy hokimliklar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar monitoring qilinib kelinmoqda.
Bundan avval Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti boshqaruvi 30 yilga Fransiyaning Veolia kompaniyasiga berilgani, Toshkentda issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun qariyb 1,4 milliard yevro sarflanishi hamda Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish uchun 36 million dollar ajratishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi