date
views 1 821

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi
Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Xabar.uz Samarqand viloyat prokuraturasiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 22-oktabr kuni Narpay tumani Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi yashash uyida tashqi tomonidan tan jarohatlarsiz topilgan.

Dastlabki tekshiruvda ularning is gazidan vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021-yil 22-oktabr kuni hodisa yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a»,«b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlarni o‘tkazish uchun Narpay tuman IIBga yuborilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi