11:53 / 02.02.2022
1 743

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar dasturning eng asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
  • tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish; tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda birlamchi bo‘g‘in qamrovini kengaytirish;
  • oqqon va og‘ir irsiy gematologik kasalliklarni davolash bo‘yicha ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarish;
  • jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;
  • hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning “klaster” modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;
  • tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilashda mahalliy xususiyatlarni hisobga olish;
  • tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha har bir davolangan holat uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish;
  • patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika qilish;
  • tibbiy genetika, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, “Sog‘lom bola” hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
  • farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish;
  • tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or xorijiy davlatlarda malaka oshirishni ta’minlash, tibbiyot fanini rivojlantirish sohasidagi yangilanishlarga keng yo‘l ochish;
  • tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiyadan o‘tkazish) hamda zamonaviy ta’lim dasturlari, usul va texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rish;
  • “elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi