Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonunni qabul qilishdan maqsad shaxsiy hujjatlari bilan bog‘liq munosabatlarda mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, doimiy propiska bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, amalda bo‘lgan biometrik pasport bilan bog‘liq yangi huquqiy munosabatlar joriy qilinganligi bois qonunchilikni takomillashtirishdan iborat.
Qayd etilishicha, bugungi kunda “propiska” so‘zi ma’nan eskirganligi va ushbu atama fuqarolar ongida “to‘sqinlik qiluvchi”, “erkinlikni cheklovchi” degan tushunchalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan, qonun hujjatlardagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.
Qonun bilan prezident qaroriga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilinganligi sababli qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bir qator qonunlarga biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiya ID-kartasi bilan qo‘llanilishi sababli identifikatsiya ID-kartasi tushunchasi kiritish belgilanmoqda.
“Qonun qabul qilinishi natijasida huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” normalarining bir xilda bo‘lishi hamda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishiga, identifikatsiya ID-kartasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tushunchalar va huquqiy qoidalar moslashtirilishiga erishiladi”, deyiladi Senat xabarida.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot