«PSJ» bilan shartnomasini uzaytirgan Kilian Mbappe nima uchun bunday qarorga kelgani haqida gapirdi.
«Real» bilan kelishuv bo‘lmagani haqida
Hech kim bilan oldindan kelishib olmaganman. Doim shunaqa ishlayman. Barcha shartnomalarni ko‘rib chiqdim va oxirida tanlov qildim. Vaqt o‘tayotgan bo‘lsa-da, hech bir jamoa bilan kelishuvim yo‘q edi.
Hafsala pir bo‘lishini tushunaman. Madridliklarning barchasi meni ularning biri bo‘lishimni xohlagandi. Ularning menga bo‘lgan mehri uchun minnatdorman.
«Real»ga «yo‘q» demadim. Fransiya va «PSJ»ga «ha» dedim. Bu vatan va poytaxt chaqirig‘i edi. Erkin agent sifatida jamoani tark etish uchun hali erta edi.
Fransiyaning amaldagi va sobiq prezidentlari qolishni maslahat bergani haqida
Emmanuel Makron va Nikolya Sarkozi «PSJ»da qolishimni maslahat berdi. Makron bilan juda ko‘p suhbatlashdik. Bu yaxshi maslahat edi. U qolishimni xohladi. Makron futbol haqida suhbatlasha oladigan insonlarimdan biri. Futbol o‘zgargan va u hozir jamiyat hayotining bir qismiga aylangan.
Fransiyadagi futbol haqida
Milliy chempionatimizni yetarlicha himoya qilmaganimiz uchun qattiq tanqid qilinamiz. O‘zimizni eng yaxshi deb hisoblashning hojati yo‘q, shu o‘rinda futbolimizdan uyalishning ham keragi yo‘q.
Fransiya futbolda muhim o‘rin tutadi, buni yoddan chiqarmaslik darkor. Boshqa mamlakatlarga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ldim va ular o‘z futbolidan faxrlanishi guvohiga aylandim. Bu yerda ham shunday bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi.
Kilian Mbappe «PSJ» bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2018 yildan buyon «PSJ»da o‘ynab kelmoqda. Parijliklar uning «Monako»dan transferiga 180 million yevro to‘lagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda