“Manchester Siti” 2022/23 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi 1-turida “Vest Xem” mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Erling Holand debyut o‘yinida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. "Vest Xem" bilan bahsda “Manchester Siti” ustunlikka erishdi.
Premer-ligaga xush kelding, yozning eng yirik transferi Erling Xoland! "Borussiya" Dortmunddan Angliyaga ko‘chgan futbolchi "Siti"ning APL yangi mavsumidagi ilk o‘yinida raqib darvozasiga kiritgan ikki to‘pi (biri penaltidan)ga mualliflik qildi va ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritilishini ta’minladi.
Debyut orzu qilarli darajada bo‘ldi
Erling Holand ushbu mavsum "Manchester Siti" tarkibida yelkasida ulkan mas’uliyat hissi bilan maydonga tushadi, chunki u anchagina yirik hisoblanadigan summaga – 51 mln funtga sotib olindi va endi iloji boricha tezroq jamoaning o‘yiniga ijobiy ta’sir o‘tkazishi shart. Qayd etish joizki, Premer-ligadagi birinchi o‘yinda ikkita gol urish o‘zini barchaga qayta tanishtirishning yomon usuli emas.
To‘g‘ri, u uchun to‘langan mablag‘ zamonaviy futbolda saviyasi yuqori o‘yinchilar uchun to‘lanadiganlaridan farqli tarzda arzon narx hisoblansa-da, 22 yoshli futbolchi haliyam o‘z obro‘si darajasidagi o‘yinni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Aynan undagi katta bosimning asosi ham shu. Utgan hafta "Liverpul"ga qarshi Angliya Superkubogi o‘yinida bir qancha qulay vaziyatlardan gol ura olmaganidan so‘ng "Vest Xem"ga qarshi bahsda ham hech qanday samaradorlik ko‘rsata olmaganida, unga nisbatan qo‘yiladigan talab yana anchagina ortardi. Biroq u o‘yindagi barcha gollarni urdi va "Siti" ichki chempionatdagi g‘oliblikni himoya qilish yo‘lidagi ilk o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu esa klubning Holand bilan tuzilgan yulduzli shartnomasi Pep Gvardiola eng katta boyligiga aylanishini ko‘rsatadi.
Uning birinchi goli Ilkay Gyundogan tomonidan yetkazilgan to‘pni egallab "bolg‘achilar" himoyasi ortidan aqlli yurishni amalga oshirganidan so‘ng penaltidan urildi. U tezlik bilan oldinga otilib chiqdi va zaxiradan maydonga tushgan darvozabon Alfons Areolani unga nisbatan qo‘pollik ishlatishga majbur qildi. To‘p yo‘liga to‘sqinlik qilib, Holandning oyog‘idan tutgani uchun "Vest Xem" darvozasi tomon 30 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Holand darvozabonni dog‘da qoldirib, to‘pni yerlatib darvozaning burchagiga tepdi va darvozani ishg‘ol qildi – 0:1.
Uning ikkinchi goli – klassik hujumchining goli bo‘ldi. U buni tezlik, harakat va yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni mag‘lub etish qobiliyati bilan amalga oshirdi. Kevin de Bryuynening himoyani bo‘lib tashlagan uzatmasi oldingi chiziqda poygani boshlab yubordi. Tezlik bilan to‘pni o‘ziniki qilgan Holand darvozabon Areolani ojiz qoldirib, chap oyog‘i bilan darvozaning olis burchagini ohista nishonga oldi va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Holand "Siti" bilan katta o‘yinlarda o‘zini namoyish etish va o‘z xohishiga ko‘ra boshqalarga to‘p kiritish uchun shartnoma imzoladi. Ta’kidlash joizki, u allaqachon bunga mos ekanini ko‘rsata oldi.
Premer-liganing qolgan qismi uchun "dahshatli" ishora
"Manchester Siti" o‘tgan mavsum APLdagi birinchi o‘yinda Londonda "Tottenxem"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Oradan 12 oy vaqt o‘tgach, ular poytaxtga qaytib chempionatni "Vest Xem" ustidan nuqsonsiz g‘alaba bilan boshladi. Bu esa raqiblarni Pep Gvardiola jamoasiga qarshi qanday chiqishga o‘ylantirib qo‘ydi.
"Shaharliklar"da o‘tgan mavsumning omadsiz boshlanishi chempionlik poygasidagi natijasiga ta’sir ko‘rsatmadi va jamoa mavsumning oxirgi kunida "Liverpul"dan oldinda yakunladi. Biroq Gvardiola jamoasi mavsum boshida to‘siqlardan chiqib olishda juda sust edi. Klub dastlabki 7 ta o‘yinning atigi 4 tasida g‘alaba qozongan edi. Agar joriy mavsum "Siti"ning "Vest Xem"ga qarshi o‘yini oldinda nima bo‘lishining o‘lchovi bo‘lgan taqdirda ham o‘yinchilar to‘p uchun jiddiy kurashishi kerak bo‘ladi.
Londondagi qayd etilgan g‘alabada katta kamchiliklar ko‘zga tashlangani yo‘q. Holandning gollari yangi bir ishora bo‘lib xizmat qildi. Avval ham ko‘plab gollar urgan jamoa uchun Erling urgan ikki gol quvvat qo‘shdi. Kevin de Bryuyne har doimgidek ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, Ruben Diash orqada munosib o‘ynadi. To‘pga egalik qilish haqida gap ketsa, shunday paytlar bo‘ldiki, "Siti" 75 foiz to‘p nazoratini o‘zida saqladi va bu o‘tgan mavsumda deyarli kuchli oltilikka kirgan "Vest Xem"ga qarshi kechgan o‘yinda bo‘ldi! "Siti" uchun o‘yin starti oson kechmadi. Ammo ular buni oson ko‘rinishga keltirdilar. Agar ular "Vest Xem"ni shunchalar oson taslim qila olsa, liganing boshqa ko‘pchilik jamoalarida hech qanday imkoniyat qolmaydigandek tuyulyapti.
"Vest Xem" oxirgi kungacha Rays haqida qayg‘uradi
"Vest Xem" shu paytgacha ushbu yozgi transferlar oynasida 100 million funtdan ortiq mablag‘ni sarflab yubordi. Biroq ularning eng katta maqsadi hech bo‘lmaganda hozircha Deklan Raysni saqlab qolishdir. Mark Nobl nafaqaga chiqqanidan so‘ng sardorlik bog‘ichini qo‘lga kiritgan 23 yoshli futbolchi o‘tgan yili "bolg‘achilar" uchun ajoyib mavsum o‘tkazdi. O‘shanda jamoa Yevropa Ligasi yarim finaliga qadar yetib bora olgan edi. Rays yana Devid Moyes jamoasining "Siti"ga qarshi o‘yinda asosiy kalit o‘yinchi bo‘lib xizmat qildi. Rays har tomonlama harakatchan yarim himoyachi ekanligini ko‘rsatdi. U jaziramada o‘tgan ochilish o‘yinida ter to‘kdi, yakkakurashlarda g‘alaba qozondi va muhim yetkazmalarni amalga oshirdi.
Angliya terma jamoasi vakili Angliyaning katta va boy klublariga o‘tishi uchun hali vaqt bor. Masalan, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan buyon unga muxlislik qiladi va yarim himoyani uning hisobiga kuchaytirishga muhtoj. Shartnoma muddati nihoyasiga yetishiga 2 yil qolganida Rays "Vest Xem" bilan shartnoma muddatini uzaytirishga rozi bo‘lmasa, balki uni kelasi yili sotib yuborishga to‘g‘ri kelar. Biroq dedlayn – 31 avgust sanasigacha Yevropaning biror yirik klubidan jozibador taklif tushsa, Rays va "Vest Xem" bu yurishni amalga oshirishi mumkin. "Siti"ga qarshi o‘yinda o‘zini isbotlaganidek, u "Chelsi" va "Yunayted"da tezda o‘zining o‘rnini topib ketishi mumkin.
O‘yinning eng yaxshisi – Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti")
Gvardiolaning yulduzlar jamoasi tarkibda Ilkay Gyundogan ham bo‘lsa, har doim yaxshiroq ko‘rinadi. Germaniyalik yarim himoyachi Londondagi o‘yinda ham o‘yinni boshqardi. Uning birinchi bo‘limdagi Holandga uzatgan to‘pi penaltiga olib keldi va "Siti" oldinga chiqib oldi.
To‘g‘ri, gol yuzaga kelishida Holandning mahorati asosiy rolni o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, bunday mukammal uzatmani faqat Gyundogan darajasidagi o‘yinchilargina uzata oladi.
O‘yinning eng omadsiz futbolchisi – Alfons Areola ("Vest Xem")
Zaxira darvozaboni uchun zaxira o‘rindig‘idan sovuqqonlik bilan o‘yinga qo‘shilish hech qachon oson bo‘lmaydi. Uning past darajadagi o‘yinini bahsga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmagani bilan izohlash mumkin. O‘yinning 27-daqiqasida jarohat olgan Lukash Fabianskining o‘rnini to‘ldirish uchun maydonga tushirilgan sobiq PSJ darvozaboni o‘yinga qo‘shilganidan 7 daqiqa o‘tib penaltidan so‘ng darvozasidan to‘p olib chiqdi.
U ehtiyotsizlik bilan Erling Holand oyog‘iga sho‘ng‘idi va penalti belgilangan edi. U "Siti"ning ikkinchi golida Holand tomonidan juda osonlik bilan taslim etildi va "Vest Xem"ning ikkinchi raqamli darvozaboni uchun esdan chiqarish kerak bo‘lgan kunga aylandi.
Diqqatga sazovor daqiqalar
Holand Premer ligada benuqson debyutni amalga oshirganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarning asosiy sarlavhasiga aylandi.
Ayni paytda bir afsonaviy to‘purardan boshqasi haqida bilib oling: agar kimdir elita hujumchi bo‘lish uchun nima kerakligini bilsa, u Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning sobiq yulduzi bo‘lar edi...
O‘yindan keyingi fikrlar
"Nishonlashga ko‘p sabablar bo‘ldi, men bundan xursandman. Otam Alf-Inge ikkala golni ham ko‘rgani juda yaxshi, chunki ushbu musobaqadagi debyutant sifatida men uchun ajoyib lahzalar sodir bo‘ldi. Qolaversa, oxirgi golni urganimga 30 daqiqa bo‘ldi. Men davom etishim kerak", – dedi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand.
Muhim statistikalar:
- Erling Holand Premer-ligadagi debyut golini urdi. U uch mavsumdan beri o‘z jamoasining ligadagi ochilish o‘yinlarida to‘p kiritdi (avvalgi ikkisi "Borussiya" Dortmund safida kiritilgan edi). 2011 yil avgust oyida Serxio Aguero debyutida 2 ta gol urganidan buyon Erling Holand Premer-ligada ilk o‘yinida dubl qayd etgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi;
- "Manchester Siti" Premer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 19 ta o‘yinga yetkazib oldi (15, 4, 0). Jamoa so‘nggi bor "Tottenxem"ga imkoniyatni boy bergan edi;
- "Manchester Siti" "Vest Xem"ga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 taga yetkazib qo‘ydi (11, 3, 0). Bu jamoaning biror raqibga qarshi mag‘lubiyatsiz davom etayotgan ikkinchi natijasidir. "Fulxem" bilan ham 14 ta o‘yinlik holat yuzaga kelgan;
- "Manchester Siti" Pep Gvardiola boshqaruvida ochilish o‘yinlaridagi 7 ta bahsning 6 tasida zafar quchdi. Bu bilan bir paytda, "Vest Xem" buning aksini qildi – 7 ta o‘yinning 6 tasida mag‘lub bo‘ldi;
- "Manchester Siti" "Vest Xem"ga qarshi 4 ta ochilish o‘yinining barchasida g‘alaba qozongan.
Mansurbek Ne’matov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...