Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 3-turida «Espanol» va «Real» jamoalari 28 avgust, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Vinisius Junior madridliklarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Xoselu hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida qator imkoniyatlar bo‘ldi. 88-daqiqada Karim Benzema qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Benzema jarima zarbasini aniq ijro etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikka qaytdi.
«Espanol» — «Real Madrid» 1:3
Gollar: 0:1 – 12 Vinisius Junior, 1:1 – 43 Xoselu, 1:2 – 88 Benzema, 1:3 – 90+10 Benzema.
«Espanol»: Lekomt, Sanches, Xil, Kabrera, Kalero, Olivan, Darder, Eksposito (Dani Gomes, 89), Vinisius Kosta (Bare, 68), Xoselu, Puado (Melamed, 78).
«Real Madrid»: Kurtua, Ryudiger, Militao, Alaba, Modrich (Kamavinga, 58), Kroos (Sebalos, 80), Tchuameni, Vaskes (Karvaxal, 85), Valverde (Rodrigo, 58), Benzema, Vinisius Junior.
Chetlatish: Lekomt (90+7). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar