10:42 / 01.09.2022
975

Erling Holand APLning dastlabki 5 o‘yinida 20 ta jamoaning 15 tasidan ko‘proq gol urdi

Erling Holand APLning dastlabki 5 o‘yinida 20 ta jamoaning 15 tasidan ko‘proq gol urdi
Angliya Premer Ligasining 5-turida «Manchester Siti» «Nottingem Forest» ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Erling Holand uchrashuvda het-trik qayd etdi. Norvegiyalik APLdagi dastlabki 5 o‘yinida gollar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Avvalroq Serxio Aguero («Manchester Siti») va Maykl Kuin («Koventri») APLdagi dastlabki 5 o‘yinida 8 ta gol urgandi. Holand esa dastlab rekordni takrorladi va keyin yangiladi. Hozirda Holand hisobida 5 ta o‘yinda 9 ta gol mavjud.

Shuningdek, Erling APL 20 ta klubining 15 tasidan ko‘proq gol urgan. Faqatgina «Manchester Siti» (Holandni gollarini hisoblamaganda 10 ta), «Brentford» (10 ta), «Tottenhem» (10), «Arsenal» (13) va «Liverpul» (15) undan ko‘proq gol urgan. Qolgan klublarda 8 va undan kam gollar mavjud.

Norvegiyalik 27 avgust kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (4:2) ham het-trik qayd etgandi. Faqat 6 nafar futbolchi Premer Ligada ketma-ket 2 o‘yinda 3 tadan gol urgan: Les Ferdinand, Yan Rayt, Terri Anri, Dide Drogba, Ueyn Runi va Harri Keyn.

2022 yilda Erling Holand va Krishtianu Ronaldu ikkita het-trikni amalga oshirdi. Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum gol urmadi. Ortda qolgan mavsumda «Tottenhem» (3:2) va «Norvich» (3:2) darvozalarini 3 martadan ishg‘ol qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erling Holand APLning dastlabki 5 o‘yinida 20 ta jamoaning 15 tasidan ko‘proq gol urdi