
“Manchester Siti”ning yangi hujumchisi Erling Xoland Angliya premer-ligasida rekordlarni yangilay boshladi.
Opta Sport statistlarining xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi dastlabki beshta uchrashuvda kiritilgan gollar soni bo‘yicha Mikki Kuinn va Serxio Aguero rekordini yo‘qqa chiqardi. Bu ikki futbolchi Angliyadagi faoliyatini beshta uchrashuvda sakkizta to‘p kiritish bilan boshlagan edi.
Erling Xoland chempionatning dastlabki beshta bellashuvda raqiblar darvozasini to‘qqiz marta ishg‘ol qildi.
Yozda “Borussiya”dan transfer qilingan norvegiyalik to‘purarning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning transfer summasi 150 million yevroga baholanmoqda.
Erling XolandManchester SitiAngliya Premer-LigasiRekordlarni YangilashNorvegiyalik FutbolchiChempionat Bellashuvlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar