
La Liga 4-turidan o‘rin olgan "Real" - "Betis" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qirollik klubi" tarkibida Vinisius va Rodrigo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goliga Kanales mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" 4 turdan so‘ng maksimal 12 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Jamo ayni payt peshqadamlik qilib turibdi.
"Betis" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub 2-pog‘onani band etgan.
Real Madrid – Betis 2:1
Gol: Vinisius Junoir 9', Rodrigo 65' – Kanales 17'
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 90+1), Militao, Alaba, Mendi, Chuameni, Modrich (Kroos, 89), Kamavinga (Valverde, 63), Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 89), Benzema.
Betis – Ruy Silva, Sabali (Ruibal, 71), Edgar Gonsales, Luis Felipe, Moreno, Guardado (Joze Villian, 71), Kanales, Rodriges, Xuanmi (Xoakin, 71), Fekir (Luis Enrike, 11), Iglesias.
Ogohlantirish: Edgar Gonsales (25) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar