date
views 1 324

Mbappening eng katta xatosi!

Mbappening eng katta xatosi!
La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJning 23 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, yozda Mbappe “Real” taklifini rad etib, Fransiya chempionatida qolgani o‘yinchining eng katta xatosi ekanini aytdi.

- Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe o‘ynagan klublarga e’tibor qaratsak, ular katta mablag‘ sarflaydigan jamoalardir. Mbappe raqobatbardosh bo‘lmagan chempionatda qolgani uning katta xatosi.

Mbappening PSJda olayotgan maoshi ta’rifdan tashqari masala. Men Fransiya va Qatar chempionatlarida haqiqatan o‘yinchilarga qancha to‘lanayotganini bilishni istayman
, - dedi Xaver Tebas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening eng katta xatosi!