“Roma” yozgi transferlar vaqtida argentinalik yulduz Paulo Dibalani qo‘lga kiritganidan keyin oldingi chiziqdagi yetakchilik aynan mana shu futbolchiga o‘tib ketdi.
Bu holat o‘tgan yilgi to‘purar Temmi Abraxamning poytaxtdagi faoliyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Hozirning o‘zida angliyalik futbolchining samaradorligida pasayish kuzatilmoqda.
Ayrim manbalar 24 yoshli forvardni Angliya premer-ligasiga qaytish orzusi bezovta qilayotganini aytmoqda. Temmiga xaridorlar yetarli. “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchini sotib olishga tayyor.
Biroq xaridorlar orasida Abraxamni tarbiyalagan “Chelsi”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda. “Arsitokratlar” o‘tgan yili yozda hujumchini “Roma”ga transfer qilganida uning shartnomasiga 2023 yilning yozida o‘z tarbiyalanuvchisini 80 million yevroga qayta sotib olish huquqini beruvchi bandni kiritgan edi.
“Chelsi” xo‘jayinlari mavsum yakunlanishi bilan mana shu bandni aktivlashtirish orqali Abraxamni Angliyaga qaytarishni rejalashtirib qo‘ygan.
Temmi Abraxam “Roma” o‘tganidan keyin faoliyatini yana rivojlantirib yubordi. U “bo‘rilar” safida jami 61 marotaba maydonga tushib, 29 ta gol va yettita assist qayd etdi.
“Roma”da Temmi Abraxamdan tashqari yana ikki nafar markaziy hujumchi bor. Bular zaxira o‘yinchisiga aylanib qolgan Eldor Shomurodov va jamoaga yangi qo‘shilib, angliyalik hujumchidan uning o‘rnini tortib olishga urinayotgan Andrea Belottidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»