
«Real Madrid» va Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Karim Benzema 2022 yilgi «Oltin toʻp» sohibiga aylandi. U boshqa da'vogarlardan ancha ilgarilab ketgani oldindan ma'lum edi.
34 yoshli frantsuz oʻtgan mavsumda «Real» bilan Chempionlar ligasi, La Liga, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida gʻolib boʻldi. Hujumchi YeChLda 15 ta, Ispaniya chempionatida 27 ta gol bilan toʻpurarga aylandi.
«Oltin toʻp» uchun da'vogar futbolchilar orasida Sadio Mane va Kevin de Bryuyne Benzemaning eng yaqin ta'qibchilari boʻlishdi:
1. Karim Benzema («Real Madrid»)
2. Sadio Mane («Bavariya»)
3. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
4. Robert Levandovski («Barselona»)
5. Muhammad Saloh («Liverpul»)
6. Kilian Mbappe («PSJ»)
7. Tibo Kurtua («Real Madrid»)
8. Vinisius Junior («Real Madrid»)
9. Luka Modrich («Real Madrid»)
10. Erling Holand («Manchester Siti»)

Aleksiya Putelyas («Barselona») — ayollar oʻrtasida 2022 yilgi «Oltin toʻp» sohibasi (mukofotni qatorasiga ikkinchi marotaba qoʻlga kiritdi).
Shuningdek, boshqa yoʻnalishlarda 2022 yil gʻoliblari:
- Robert Levandovski («Barselona») — Gerd Myuller mukofoti (eng yaxshi hujumchi, qatorasiga ikkinchi marota);
- Tibo Kurtua («Real Madrid») — Lev Yashin mukofoti (eng yaxshi darvozabon);
- Gavi («Barselona») — eng yaxshi yosh futbolchi;
- Sadio Mane — Sokrates mukofoti (futboldan tashqaridagi xayriya ishlari uchun);
- «Manchester Siti» — 2021/2022 mavsumining eng yaxshi klubi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar