12:13 / 23.02.2015
6 027

«Real» g‘alaba qozondi va «Barsa»dan 4 ochkoga o‘tib ketdi

«Real» g‘alaba qozondi va «Barsa»dan 4 ochkoga o‘tib ketdi

"Real" klubi "Barselona" bilan oradagi farqni 4 ochkoga etkazib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi. Anchelotti shogirdlari "Elche" ustidan g‘alaba qozondi — 2:0.

"Madrid" nihoyat yana optimal formaga qaytganini namoyish qildi. Birinchi bo‘limda ular tomonidan yaratilgan juda ko‘plab vaziyatlar golga aylanmadi. Ronalduning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa, Benzemaning chalqancha uslubda urgan chiroyli goli noto‘g‘ri ofsayd tufayli inobatga olinmadi. "Elche"ning qarshiligi 56 daqiqa davom etdi. Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, ammo to‘p darvozabonga tegib, bo‘sh darvoza chizig‘i oldida turgan Benzemaga kelib tushdi va Karim hisobni ochdi.

Ikkinchi gol ham ko‘p kuttirib qo‘ymadi. Isko chap qanotdan bir himoyachidan qochdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga etkazdi. Ronaldu davrozagacha 9 metrlardan bosh bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi! Bu Krishtianuning La ligadagi 29-goli bo‘ldi.

"Real" har holda yirik hisobda bo‘lmasa ham, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z ochkolarini sonini 60taga etkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 24-tur
ELChE – REAL MADRID 0:2

Gollar: 0:1 – 56 Benzema, 0:2 – 69 Ronaldu.
Elche – Titon, Roko, Albakar, Suares, Lomban, Niges (Rodriges, 64), Pashalich (Galves, 75), Rodriges, Fajr, Gonsales (Errera, 81), Jonatas.
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Varan, Pepe, Marselo, Isko (Arbeloa, 89), Lukas Silva (Ilyarramendi, 84), Beyl, Kroos, Benzema (Xese, 90), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Albakar (24), Marselo (38), Jonatas (40), Niges (52), Roko (71).

Manba: www.stadion.uz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» g‘alaba qozondi va «Barsa»dan 4 ochkoga o‘tib ketdi