Fransiyalik hujumchi Karim Benzema 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Fransiya milliy jamoasi rasman ma’lum qildi. «Real» futbolchisi chap son mushaklaridan jarohat olgani aniqlandi.
«Butun jamoa Karimning qayg‘usiga sherik bo‘lib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», — deb yozdi Fransiya milliy jamoasining «tvitter»dagi sahifasi.
«Oltin to‘p» sohibi bu mavsumda «Real» safida La Ligada 7 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urgan.
Marca xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyal Benzema o‘rniga Fransiya milliy jamoasiga chaqirildi.
Seshanba kuni Avstraliyaga qarshi 1-tur bahsida esa Olive Jiru asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Bu mavsumda Marsiyal APLda 5 o‘yinda 2 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.
Karim Benzema 1978 yildan keyingi davrda jahon chempionatida ishtirok etmagan ilk «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi.
44 yil avval «Hamburg» hujumchisi Kevin Kigan sovrinni qo‘lga kiritgan, biroq Angliya 1978 yilgi mundialning final bosqichiga chiqa olmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi