
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema ayni dam terma jamoa bilan yaxshi munosabatda emas.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati boshlanishidan oldin 34 yoshli futbolchi jarohat olgan edi. Buning natijasida murabbiylar shtabi uni uyiga jo‘natishga qaror qildi.
Opta xabariga ko‘ra, "Oltin to‘p" sohibi jamoa joylashgan bazani tark etishni istamagan, biroq terma jamoa rahbariyatining iltimosiga ko‘ra bunga majbur bo‘ldi.
Aynan shuning uchun ham Benzema Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan jahli chiqib, u yerdagi barcha rasmiylar bilan aloqalarni uzdi. Dide Desham shogirdlari Benzema yordamisiz ham jahon chempionati finaliga chiqdi. Argentinaga qarshi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi.
Real MadridKarim BenzemaTerma JamoaJahon ChempionatiOltin To'pFrantsiya Terma Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar