
“An-Nasr” jamoasi bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu faoliti davomida “Real”dan ketib, “Yuventus”ga ko‘chib o‘tganini xato, deb hisoblaydi va bu tanlovidan hali ham afsus qiladi. Bu haqda Relevo nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Ronaldu Turinda yashagan davrida o‘zini baxtiyor his qilmagan. O‘sha paytda ham “Yuventus”ga o‘tganidan pushaymon bo‘lib, ruhiy tomondan ancha qiynalib yurgan.
Hatto Italiya chempionatida o‘ynagan paytda ham tez-tez Madriddagi uyiga borib turishni kanda qilmagan.
Ronaldu yaqinda “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qilganidan keyin ham Madrid klubidan taklif kutgan ekan. Lekin chorlov bo‘lmagach, 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni klubiga qo‘shilishga qaror qildi.
Krishtianu RonalduAn-Nasr jamoasiYuventusga ko‘chishReal MadridPushaymon bo‘lishItaliya chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar