
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 18-turida «Real Madrid» 22 yanvar, yakshanba kuni «Atletik» maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Karim Benzema madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa Toni Kroos yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 41 taga yetkazib oldi va peshqadam «Barselona»ni (44) ta’qib qilishda davom etmoqda.
22 yanvar kungi o‘yinlardan keyin La Liga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

«Atletik» – «Real Madrid» 0:2
Gollar: 0:1 – 24 Benzema, 0:2 – 90 Kroos.
«Atletik»: Unai Simon, De Markos (Lekue, 76), Vivian, Paredes, Berchiche, Vesga (Raul Garsiya, 86), Sanset (Muniain, 67), Sarraga (Errera, 67), Uilyams, Berenger (Guruseta, 67), Uilyams.
«Real Madrid»: Kurtua, Nacho, Ryudiger, Militao, Mendi, Sebalos (Kroos, 85), Valverde, Kamavinga, Benzema, Asensio (Modrich, 73), Vinisius Junior (Rodrigo, 83).
Ogohlantirishlar: Berchiche (50), Vivian (58), Kamavinga (62), Vinisius Junior (79), Errera (88).
Real MadridIspaniya La LigaKarim BenzemaToni KroosO'yin NatijalariFutbol G'alabalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar