
"Real" klubi direktorlar kengashi a’zosi Katalina Mignarro PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madridga ko‘chib o‘tishini istisno qilmayapti.
“Florentino bilan hech narsani inkor etib bo‘lmaydi. Agar Mbappening taqdiriga ushbu transfer yozilgan bo‘lsa va u klub mezonlariga javob bersa, shunday bo‘ladi. Aks holda u "Real"da bo‘lmaydi. Biz esa safimizga boshqa futbolchilarni qo‘shib olamiz.
Ishonchim komilki, Florentino har qanday holatda ham klubga foyda keltiradigan barcha ishni qiladi”, - dedi Katalina Mignarro.
24 yoshli fransiyalik hujumchi bu mavsum PSJ safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 ta gol va 6 golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Kilian MbappeReal MadridPSJ HujumchisiTransfer ImkoniyatlariFlorentino PerezFutbolchilar Qo'shish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar