Umar Momanidan yana yangi karikaturalar
Mashhur karikaturachi rassom Umar Momani ijod qilishda davom etmoqda. Bu safar uning asosiy e’tibori Angliya premer ligasi va Evropa chempionlar ligasi final o‘yiniga qaratildi. Ayniqsa, "Real" Madridning 11-marta eng kuchli deb topilishi asosiy kun fotosiga aylandi.
1. 23 may. Kubok-muboging bilan daf bo‘l!

Angliya kubogiga ega chiqqan bo‘lishiga qaramay, Lui van Gaal iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini 3 yillik shartnoma bilan Joze Mourino egalladi.
2. 25 may. Dani Alvesh Pelega qarshi

Ispaniya kubogini yutgach, "Barselona" tarkibida 23 ta sovringa ega chiqqan Dani Alvesh "nokamtarlik" qilgan holda sovrinlari soni Pelenikidan ham ko‘p ekanini ta’kidladi. Uch karra jahon chempioni afsonaviy futbol qiroli Peledan javob kutib qolamiz.
3. 25 may. Seni hech kim o‘ynolmaydi meningdek

Madridning "Real" jamoasi futbolchisi Garet Beyl "Atletiko" futbolchilari haqida gapirarkan, hamshaharlaridan birortasi "qirollik klubi"ning asosiy tarkibida o‘ynolmasligiga urg‘u berdi. Keyin bilsak, u internet orqali o‘ynaladigan "Futbol menejer" o‘yinida barcha "Atletiko"chilarni zaxiraga mixlab chiqqan ekan.
4. 27 may. Manchester qovoqxonasining yangi kovboylari

Joze Mourino "Manchester Yunayted"ga kelgach, Manchester shahri "yovvoyilashgan g‘arb"ga aylandi. Chunki bu erda Xosep Gvardiola ham bor. Chamasi, bu shahar ikki "kovboy"ga torlik qiladi-yov...
5. 28 may. Hamma hujumga!

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone EChL finali oldidan hujumkor o‘yin namoyish etishini ta’kidladi. U odatdagi himoyaviy va natija ko‘rsatadigan o‘yin uslubidan voz kechishini aytib, finalda zerikarli futbolning oldi olinishiga urg‘u berdi.
6. 29 may. "Real" Madrid — 11

Madridning "Real" jamoasi 11 marta EChL kubogini qo‘lga kiritdi. Hammaga ma’lum, o‘yin asosiy vaqtida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasigacha borildi va Krishtianu Ronalduning bexato zarbasidan keyin ular g‘oliblikni nishonlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing