17:28 / 04.03.2023
169

U-20 Osiyo Kubogi. 5 ta gol urilgan bahsda Avstraliya Eronni mag‘lubiyatga uchratdi

U-20 Osiyo Kubogi. 5 ta gol urilgan bahsda Avstraliya Eronni mag‘lubiyatga uchratdi

20 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan Eron - Avtraliya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda avstraliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 8-daqiqada Simmons hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Adrian oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. 25-daqiqada Eslamtalab javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar yana bittadan gol urdi va hisob 2:3 ko‘rinishiga keldi.

Shu tariqa, Avstraliya 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eron esa 2-pog‘onada bormoqda.

U-20 Osiyo Kubogi

"B" guruhi. 2-tur

Eron – Avstraliya 2:3

Gollar: Amirriza Islomtalab 25', Alirizo Enayatzadeh 80' – Eydan Simmons 8', Adrian Segechich 19', 46'

Eron U-20: 12.Adib Zarei, 3.Mersad Seifi, 4.Muhammadriza Torabi (21.Muhammajrizo Bordbar, 34), 5.Amin Hazbavi, 6.Milod Kor, 8.Alirizo Enayatzadeh, 9.Said Saharxizan (7.Amir Ibrohimzoda, 71), 10.Farhod Zavoshi (16.Muhammadjavod Hussaynezad, 71), 11.Amirriza Islomtalab (17.Mojtaba Faxriyan, 70), 12.Adib Zarei, 14.Erfan G‘orbani (18.Danial Iri, 79), 15.Amin Pilali  

Avstraliya U-20: 1.Jek Varshavski, 2.Joshua Roulins (s), 3.Nektarios Triantis, 4.Kris Donnell, 8.Alessandro Lopane, 9.Gabriyel Popovich (11.Rafael Rodriges, 90+4), 10.Adrian Segechich (16.Jeyk Girdvud-Reyx, 79), 13.Panashe Madanya, 15.Jozef Ford, 17.Eydan Simmons, 21.Jed Dryu (22.Jing Ris, 79)

Ogohlantirish: Alirizo Enayatzadeh (90+7)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Osiyo Kubogi. 5 ta gol urilgan bahsda Avstraliya Eronni mag‘lubiyatga uchratdi