date
views 260

"Barsa" muxlislari Vinisiusni "zaharlashda" davom etmoqda

"Barsa" muxlislari Vinisiusni "zaharlashda" davom etmoqda
Kecha tunda bo‘lib o‘tgan "Barselona" va "Real" Madrid qarama-qarshiligi oav tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘lgani rost. Ayniqsa, "Barselona"ning ultras (ashaddiy )ishqibozlari "qirollik klubi" hujumchisi Vinisius Juniorning adressiga keskin haqoratlar yog‘dirdi.
 
Bu so‘zlarni tarjima qilish imkonsiz, ammo ularning lug‘aviy ma’nosi irqchilikka borib taqaladi. Qo‘shimchasiga, unga 90 daqiqa davomida ishqibozlar o‘lim tilangan hayqiriqlarni yog‘dirib turdi.
 
Achinarlisi shundaki, bundan avval "Atletiko" Madrid va "Malyorka" fanatlari mana shu xunuk an’anaga asos solgan edi. Ular safiga "Barselona" ishqibozlari ham qo‘shildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barsa" muxlislari Vinisiusni "zaharlashda" davom etmoqda