
Ispaniya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "el-klasiko" to‘qnashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Dastlabki o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongan "Barselona"ni javob bahsida "Real" ayab o‘tirmadi. Uchrashuvdan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu uyat. Biz o‘zimizni tanqid qilishimiz kerak. Ikkinchi taym juda yomon o‘tdi. O‘ylashimcha, birinchi bo‘limni yaxshi natija bilan yakunlashimiz mumkin edi. Qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Agar jarohatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, bu bahonadek tuyuladi. Men allaqachon aytgan edim, "Real" - favorit."
"Bu juda katta mag‘lubiyat, lekin hisobga yarasha o‘ynamadik. Biz tezda javob berishimiz va La Ligani qo‘lga kiritishmiz zarur," - dedi Xavi.
Ispaniya kubogi finaliga chiqqan "Real"ning keiyngi raqibi "Osasuna" bo‘ldi.
XaviEl-KlasikoIspaniya KubogiReal MadridBarselona JamoasiKataloniyaliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar