YeChL. «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni, «Milan» «Napoli»ni mag‘lub etdi

YeChL. «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni, «Milan» «Napoli»ni mag‘lub etdi

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslari davom ettirildi. Amaldagi chempion «Real» Madridda «Chelsi»ni qabul qilib, Benzema va Asensioning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

«Milan» esa Italiya derbisida o‘z uyida «Napoli»dan minimal hisobda ustun keldi — Diasning super reydi bilan boshlangan hujumni Binnosir gol bilan yakunladi.

Ikkala o‘yinda ham mehmonlar bahsni 10 kishi bo‘lib yakunlashdi — londonliklardan Chiluell, neapolliklardan Zambo-Angissa chetlatildi.

Javob bellashuvlari 18 aprelda o‘tkaziladi.

YeChL. 1/4 final. 12 aprel
Birinchi o‘yinlar
Real — Chelsi 2:0
Gollar: Benzema (22), Asensio (74).

Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Kamavinga (Ryudiger, 71), Modrich (Sebalos, 81), Kroos (Tchuameni, 84), Valverde, Vinisius, Rodrigo (Asensio, 71), Benzema.
Chelsi – Arrisabalaga, Jyeyms, Silva (Maunt, 76), Kulibali (Kukurelya, 55), Fofana, Chiluell, Kovachich, Kante (Gallaher, 75), Fernandes, Sterling (Haverts, 65), Felish (Chaloba, 65).
Ogohlantirishlar: Fofana (5), Kamavinga (7), Militao (83), Karvaxal (87), Kovachich (87).
Chetlatish: Chiluell (59).

Milan — Napoli 1:0
Gol: Binnosir (40).

Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Krunich, Binnosir (Salemakers, 67), Dias (Rebich, 80), Tonali, Leau, Jiru.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Ruy (Olivera, 81), Lobotka, Zelinski (Ndombele, 81), Zambo-Angissa, Elmaz, Losano (Raspadori, 69), Kvaratsxeliya (Politano, 81).
Ogohlantirishlar: Zelinski (38), Binnosir (60), Di Lorenso (70), Zambo-Angissa (70), Kim Min Chje (78).
Chetlatish: Zambo-Angissa (74).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar