Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 29-turi doirasidagi qator uchrashuvlar 15 aprel, shanba kuni o‘tkazildi.
“Real” safarda “Kadis”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. 72-daqiqada Nacho madridliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Marko Asensio hisobni oshirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Mazkur g‘alaba evaziga “Real” ochkolarini 62 taga yetkazib oldi. 16 aprel kuni o‘z o‘yinini o‘tkazadigan “Barselona” hisobida 72 ochko bor.
La Liga
29-tur bahslari
29-tur bahslari
“Kadis” – “Real Madrid” 0:2
Gollar: 0:1 – 72 Nacho, 0:2 – 76 Asensio.
“Kadis”: Xil, Parra (Xorxe Mere, 55), Ernandes, Fali Ximenes, Espino, Alkaras, San-Emeterio (Aleks Fernandes, 70), Bongonda, Gvardiola (Roxer Marti, 70), Ramos (Negredo, 78), Sobrino (Alexo, 70).
“Real Madrid”: Kurtua, Ryudiger, Militao, Nacho, Sebalos, Valverde (Modrich, 80), Tchuameni, Vaskes (Kamavinga, 67), Asensio, Rodrigo (Azar, 80), Benzema.
Ogohlantirish: Alkaras (29).
“Vilyarreal” – “Valyadolid” 1:2
Gollar: 0:1 – 2 Amalla, 0:2 – 34 al-Yamik, 1:2 – 74 Kapu.
“Atletik” – “Real Sosedad” 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Uilyams, 2:0 – 70 Uilyams.
“Betis” – “Espanol” 3:1
Gollar: 1:0 – 27 Peres, 2:0 – 34 Miranda, 2:1 – 48 Montes, 3:1 – 69 Vilyam Karvalyu.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar