16:22 / 04.06.2023
132

“Real” Karim Benzemaning ketishini rasman e’lon qildi

“Real” Karim Benzemaning ketishini rasman e’lon qildi
Foto: “Real Madrid”
“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema madridliklar klubini tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
 
Klub bayonotida aytilishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgan. “Real” futbolchining keyingi faoliyatida omad tilagan.
 
Avvalroq 35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubidan taklif borligi xabar qilingandi. Arab klub Benzemaga ikki yillik shartnoma uchun 200 million yevro taklif qilgan.
 
Karim “Lion” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2009 yilda “Real” safiga kelib qo‘shilgandi. Fransiyalik futbolchi “Qirollik klubi” safidagi 14 yil davomida 25 ta sovringa ega chiqdi. Ular orasida 5 ta Chempionlar Ligasi sovrini va 4 ta La Liga chempionligi bor. 2022 yilda Benzema “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.
 
Benzema Madrid jamoasi safida 647 ta o‘yin o‘tkazib, 353 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Real” tarixida faqat Krishtianu Ronaldu (450) undan ko‘p gol urgan.
 
Joriy mavsum fransuz barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yin o‘tkazdi va 30 ta gol urdi.
 
Avvalroq “Real” Marko Asensio, Eden Azar va Mariano Diasning ketishi haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Karim Benzemaning ketishini rasman e’lon qildi
ePN