Fransiyalik futbolchi Karim Benzema “Al-Ittihod” a’zosiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Twitter
Saudiyaliklar Benzema bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Avvalroq, fransuz “Al-Ittihod” tarkibida 2 yilda 200 million yevro ishlab topishi xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Karim “Lion” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2009 yilda “Real” safiga kelib qo‘shilgandi. Fransiyalik futbolchi “Qirollik klubi” safidagi 14 yil davomida 25 ta sovringa ega chiqdi. Ular orasida 5 ta Chempionlar Ligasi sovrini va 4 ta La Liga chempionligi bor. 2022 yilda Benzema “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.
Benzema Madrid jamoasi safida 648 ta o‘yin o‘tkazib, 354 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Real” tarixida faqat Krishtianu Ronaldu (450) undan ko‘p gol urgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?