Ronaldu Benzema transferi haqida nimalar dedi?

Ronaldu Benzema transferi haqida nimalar dedi?
Ronaldu Benzema transferi haqida nimalar dedi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi bilan birga “Real”da o‘ynagan Karim Benzemaning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tganiga munosabat bildirdi.
 
Ma’lumki, fransiyalik to‘purar kutilmaganda “Real”dan ketishini ma’lum qilib, “Al-Ittihod” klubi bilan hamkorlik o‘rnatdi.
 
- Karim o‘ziga yangi chaqiruv tashladi. Mening Saudiya Arabistoniga kelishim, bu mamlakat futboliga darcha ochishini bilardim.
 
Endi bu mamlakatga eng zo‘r o‘yinchilar keladi va mazkur liga dunyoda eng yaxshilaridan biriga aylanadi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
 
Karim Benzema “Real” safida 14 mavsum to‘p tepib, jami 647 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 353 marotaba ishg‘ol qildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar