date
views 447

Mbappe o‘ziga boshqa jamoa tanladi

Mbappe o‘ziga boshqa jamoa tanladi
Karim Benzemaning kutilmaganda “Real”ni tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga o‘tgani Kilian Mbappe atrofidagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.
 
Ayniqsa, 24 yoshli hujumchi PSJ rahbariyatiga kelasi yil shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkonidan foydalanmasligini aytgani vaziyatni izdan chiqardi.
 
Qimmatbaho futbolchini bepul ketib qolishiga to‘sqinlik qilish uchun parijliklar Mbappega ikki talab –  shartnomani uzaytirish yoki yozda klubni tark etishni qo‘ydi.
 
Mutasaddilar Mbappeni boshqa klublarga taklif qilayotgani haqida xabar tarqala boshladi.
 
Le Parisien nashrining ta’kidlashicha, Mbappe yozda klubdan ketadigan bo‘lsa faqat “Real” safiga qo‘shilishga qaror qilgan. U boshqa klublar taklifini ko‘rib  chiqmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe o‘ziga boshqa jamoa tanladi
-->