Beyl va Ronaldu o‘rtasida mojaro bo‘lganmi?

Beyl va Ronaldu o‘rtasida mojaro bo‘lganmi?

“Real”ning sobiq futbolchisi Garet BeylQirollik klubi”da o‘zi bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu bilan o‘zaro munosabati haqida gapirib berdi.

- Men Ronaldu bilan o‘rtamizda mojaro bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni eshitganman. Lekin bizda hech qanday muammo bo‘lmagan.

Madrid klubida biror kim bilan tortishib qolganimni eslay olmayman. Og‘ir vaziyatlarda ham kiyim almashtirish xonasidagi muhit doimo yaxshi bo‘lgan.

Madriddagi vaqtimni ajoyib tarzda o‘tkazganman, - dedi 33 yoshli Garet Beyl.

Uelslik futbolchi 2013-2022 yillar davomida “Real” safida jami 258 ta uchrashuv o‘tkazib, 106 ta gol va 58 ta assist muallifi bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar