18:04 / 16.07.2023
272

Messining jamoasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

Messining jamoasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

MLS (AQSH chempionati) doirasidagi «Sent-Luis Siti» va «Inter Mayami» uchrashuvi yakunlandi. Sent-Luisdagi Sitipark stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Samuel Adeniran hisobni ochdi. Tim Parker 40-daqiqada «Sent-Luis»ni farqni kattalashtirdi. 80-daqiqada Eduard Leven uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, «Sent-Luis» MLS g‘arbiy konferensiyasi turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Jamoa 23 o‘yinda 41 ochko to‘plagan va ikkinchi o‘rindagi «Los-Anjeles»dan 4 ochko oldinda. «Inter Mayami» 18 ochko bilan Sharqiy konferensiya jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Ushbu o‘yin Xerardo Martino uchun «Inter Mayami» bosh murabbiyi sifatida debyuti bo‘ldi.

Messining yangi o‘yinchi sifatidagi taqdimoti bugun,16 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining jamoasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi