09:00 / 25.07.2023
446

Mbappening «taqdiri» butunlay o‘zgarib ketishi kutilmoqda

Mbappening «taqdiri» butunlay o‘zgarib ketishi kutilmoqda

«PSJ» Kilian Mbappeni Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga 300 million yevroga sotadi, deb xabar berdi Sky Sport nashri Tvitter sahifasida.

Aytilishicha, klublar allaqachon kelishuvga erishgan. Endi saudiyaliklar Mbappe bilan shartnoma shartlarini kelishib olishlari kerak.

O‘tgan yilning may oyida OAV Mbappe PSJ bilan 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, boshqa manbalar futbolchining «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgan. Alal-oqibat ispan klubiga transfer amalga oshmadi.

O‘tgan mavsumda «PSJ» 38 turda 86 ochko jamg‘argan holda Fransiya 1-ligasida g‘olib chiqdi. Mbappe 34 ta o‘yinda qatnashib, 29 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening «taqdiri» butunlay o‘zgarib ketishi kutilmoqda