PSJ hujumchisi Kilian Mbappening mavsumni qayerda o‘tkazishi hamon o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.
Parijliklar uni mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatgan. Mbappe klub bilan shartnomani uzaytirishga ham, boshqa klubga ko‘chib o‘tishga ham ko‘nmay kelayotgan edi.
Taniqli jurnalist Jyulen Lorensning ta’kidlashicha, Kilian Mbappe nihoyat shu yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Endi hujumchi madridliklardan rasmiy taklif kutyapti.
“Qirollik klubi” Mbappeni bu yil o‘z safiga qo‘shib olish uchun 200 million yevro atrofida xarajat qilishi kerak. Madridliklar bir yil kutib, Kilianni erkin agent sifatida badal pulisiz safga qo‘shib olmoqchi.
Agar “Qirollik klubi” mutasaddilari PSJga aloqaga chiqmasa, Kilian Mbappe boshqa jamoaga o‘tishi yoki bir mavsum davomida o‘yin amaliyotisiz qolib ketishiga to‘g‘ri keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!