06:00 / 20.08.2023
83

La Liga. “Real” safarda “Almeriya”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

La Liga. “Real” safarda “Almeriya”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 2-turida “Real” 19 avgust, shanba kuni “Almeriya”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Arribas hisobni ochdi. 19-daqiqada esa Jud Bellinghem muvozanatni tikladi. 60-daqiqada Bellinghem dublni rasmiylashtirdi. 73-daqiqada esa Vinisius Junior hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda esa gol urilmadi va “Real” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Karlo Anchelotti shogirdlari chempionatning ikkinchi o‘yinida ham zafar quchib, 6 ochkoni jamg‘ardi.


La Liga

2-tur bahsi

19 avgust, shanba

“Almeriya” – “Real” 1:3

Gollar: 1:0 – 3 Arribas, 1:1 – 19 Bellinghem, 1:2 – 60 Bellinghem, 1:3 – 73 Vinisius Junior.

“Almeriya”: Luish Mashimianu, Pubil (Poso, 69), Edgar Gonsales, Chumi, Akeme, Robertone (Melero, 70), Baba (Lazaro, 90), Arribas (Puchmal, 90), Embarba, Ramazani (Kone, 61), Suares.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya, Kroos (Kamavinga, 72), Valverde (Vaskes, 90), Tchuameni, Bellinghem (Xoselu, 81), Vinisius Junior (Braim Dias, 90), Rodrigo (Modrich, 72).

Ogohlantirish: Chumi (59).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real” safarda “Almeriya”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi