“Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 24 yoshli hujumchi yozda 40 million yevro miqdoridagi sodiqlik bonusini olishdan voz kechdi. Buning evaziga klub rahbariyati uni bir mavsum jamoada qolishiga ruxsat berdi.
Mutasaddilar bu jarayonda Mbappeni yangi bitimga ko‘ndirishga umid qilmoqda. Kilianning o‘zi kelasi yoz Madridga erkin agent sifatida borishni reja qilgan.
- Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kilian Mbappe kelasi yoz aynan “Real Madrid”ga yo‘l oladi. Katta ehtimol bilan ma’lum bir to‘lov evaziga yoki to‘liq bepul o‘tadi. PSJda o‘ynab turish uchun Mbappe har yilgi sodiqlik bonusini olishdan voz kechdi, - deb axborot berdi Fabritsio Romano.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!