La Liganing 6-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real" bahsi "matraschilar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 4-daqiqada Morata hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Grizmann oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 35-daqiqada esa Kroos super goli bilan, farqni qisqartirdi. Ikkinchi taym boshida Morata ikkinchi bor Kepa darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "Atletiko" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. "Real" esa 3-pog‘onaga tushib ketdi.
"Atletiko" – "Real Madrid" 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Morata, 2:0 – 18 Grizmann, 2:1 – 35 Kroos, 3:1 – 46 Morata.
Atletiko – Oblak, Molina (Aspilikueta, 65), Savich, Ximenes (Korrea, 86), Ermoso, Koke (Vitsel, 46), Saul, Lorente, Lino (Galan, 87), Grizmann, Morata (Depay, 82).
Real Madrid – Arrisabalaga, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Mendi, 57), Valverde, Kroos (Braim Dias, 70), Modrich (Xoselu, 46), Kamavinga (Tchuameni, 57), Vaskes (Nacho, 57), Bellingem, Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Modrich (45), Ximenes (45), Mendi (67), Bellingem (90).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!