Ispaniya chempionatining 8-turida “Barselona” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda “Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mana shu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.
Qizig‘i shundaki, 37 yoshli Ramos “Barselona”ning ashaddiy raqibi hisoblanadi. U bellashuv oldidan mezbonlar darvozasiga gol urishi kerakligini aytgandi. Biroq o‘yinda buning teskarisi bo‘ldi va himoyaich o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Statistika mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, Serxio Ramos Ispaniya chempionatlarida 510 ta o‘yin o‘tkazib, uchta avtogol muallifi bo‘lgan ekan.
E’tiborli jihati shundaki, avval “Real”da o‘ynagan Serxio Ramos avvakil ikkita avtogolini aynan “Sevilya” bilan bo‘lgan o‘yinlarda kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!