Raneri gol ura olmayotgan Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda o‘ynatganini aytdi?

Sport2 daqiqa o'qish387
Raneri gol ura olmayotgan Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda o‘ynatganini aytdi?

A Seriya autsayderiga aylanib qolgan “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri yettinchi turda Florensiyada jamoasi “Fiorentina”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Bu uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlagan Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsata olmadi va birinchi bo‘limdan keyin zaxiraga olindi.

- Shogirdlaringizning o‘yinga munosabatidan xafsalangiz pir bo‘ldimi?

- Menga shogirdlarimning xotirjamlikni yo‘qotmagani ma’qul keldi. Biz raqibning qanday o‘ynashini bilardik, lekin ularni to‘xtata olmadik. Birinchi goldan keyin hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Bu juda yaxshi imkoniyat edi. Texnik jihatdan kuchli raqibga qarshi uchrashuvning yigirmanchi daqiqasida hisob 2:0 ga yetdi. Biz murakkab vaziyatga tushib qoldik.

O‘yinning ikkinchi yarmida o‘zgarishlar orqali jamoaga yordam berishga urindim. Biz juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik va qat’iyatsizlik qildik. Endi ko‘p gapirmasdan, muxlislardan uzr so‘ragan holda yana ishga sho‘ng‘iymiz. Men hammasini tartibga solishim kerak.

- O‘yinchilar qay ahvolda?

- Ularning boshi egilgan. Insonning haqiqiy kuchi yiqilgandan keyin qayta tura olishida ko‘rinadi. Kuchli jamoaga  yutqazdik. Keyingi gal ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Nega hujum chizig‘iga Andrea Petanya va Eldor Shomurodovni tanladingiz?

- Biz tanaffusgacha ikkita to‘p o‘tkazib yuborishimizni kutmagan edim. Men Oristanio ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsatadi, deb o‘ylagandim. Shundoq ham u va Prati jamoaga yaxshi impuls bera oldi. Biz qanchalik harakat qilmaylik baribir bu gal ham ortda qoldik. Lekin qo‘limizdan kelganini  qildik.

- Nandes gol urganida 1:1 hisobi nimadir o‘zgartirishi mumkinmidi?

- Balki bu holatdan keyin jamoaning ruhiyati ko‘tarilgan bo‘larmidi... Lekin gap boshqa, maydondagi ish boshqa.

- Hozirgacha nimani o‘rgandingiz?

- A Seriyaning talab va sifatlari V Seriyadan keskin farq qiladi. Ilgari quyi ligada holatni o‘nglay olgan vaziyatlarimiz bu yerda ish bermayapti. Yuqori divizionda sizni darrov jazolashadi.

- Radunovichning muammolarini qanday bartaraf etish mumkin?

- Men yigitlarning har biri bilan gaplashyapman. Men ularning qanday fikrda ekanini bilishni xohlayman. Oldindi bitta o‘yinimiz bor. Keyin tanaffus e’lon qilinadi. Radunovichga kelsak, men unga yana ikki o‘yinda imkon berishimni, u esa, menga nimalarga qodirligini isbotlashi kerakligini aytdim.

Ta’kidlash joiz, "Kalyari" futbolchilari A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 8 oktyabr kuni o‘z maydonida "Roma"ga qarshi o‘tkazadi. Bu bellashuv asli transfer huquqi Rim klubiga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodov uchun prinsipial ahamiyatga ega bo‘ladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?